SSV mutaxassisi bolalarni nafas organlari kasalliklaridan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalar bosh pulmonlogi, tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat Shamsiyev bolalarni nafas organlari kasalliklaridan himoya qilishda ota-onalarga o‘z tavsiyalarini bildirdi:

- Gigiyenik qonun-qoidalarga rioya qiling va farzandlaringizga o‘rgating, qo‘lni sovunlab yuving yoki antiseptik vositalar bilan muntazam ravishda dezinfeksiya kiling;

- yuzlarini qo‘l bilan ko‘p ushlamaslikka o‘rgating;

- xonalarni doimiy ravishda shamollatib turing;

- bolalarga yo‘talganda yoki aksa urganda og‘iz va burunni salfetka yoki tirsak bilan yopishni o‘rgating;

- farzandlaringizga kasal bo‘lgan bolalar oldiga yaqin kelmaslikni uqtiring;

- himoya niqoblaridan foydalanishni tushuntiring;

- agar farzandlaringiz kasal bo‘lib qolgan bo‘lsa, maktabgacha ta’lim muassasasi yoki maktabga yubormang;

- shuningdek, bolaning to‘g‘ri va ratsional ovqatlanishi, surunkali infeksiya o‘choqlarini bartaraf etish va chiniqtirish turli xil kasalliklarning oldini olishga yordam beradi;

- bolaga qo‘shimcha D vitaminining suvli eritmasi (Akvadetrim), askorbin kislotasi, sink va selen moddalari, kamqonlikni davolash maqsadida temir preparatlari tavsiya etilsa, nafas yo‘llari kasalliklariga qarshi kurashish kuchini oshirishga yordam beradi.

Gripp mavsumi boshlanganda vaksinatsiya ishlarini olib borish ham yaxshi samara beradi.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.