“Straus House” ta’sischisi 9 yil ozodlikdan mahrum qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudida “Straus House” MChJning bir guruh mansabdor shaxslariga oid sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar qildi.

Sud hukmiga ko‘ra, “Straus House” MChJ ta’sischisi I.Isroilov Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan aybdor deb topilib, unga uzil-kesil o‘tash uchun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, direktor A.Maxmutaliyevga 7 yil, direktor o‘rinbosari D.Qutpiddinovga 8 yil 5 oy 26 kun ozodlikdan mahrum etish va bosh buxgalter O.Saidovga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Aybdorlarga “Straus House” MChJning faoliyati yuzasidan jabrlanuvchilar foydasiga yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyati yuklandi.