Sug‘diyona maskanida 3 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)
Samarqand shahar Sug‘diyona maskani, Nodirabegim mahallasi hududidagi ichki yo‘llarning kesishgan chorrahasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2020 yil 11 mart kuni soat 17:00 larda Samarqand shahar Sug‘diyona maskani, Nodirabegim mahallasi hududidagi ichki yo‘llarning kesishgan chorrahasida haydovchi I.N. boshqaruvidagi “Kaptiva” rusumli, qizil rangli avtomashina old qismi bilan haydovchi O‘.S. boshqaruvidagi “GAZ-330232” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan.
Oqibatda “GAZ-330232” rusumli avtomashina harakatlanib yo‘lning qatnov qismi chetida to‘xtab turgan haydovchi B.A. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2107” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport xodisasi sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport xodisasi oqibatida biror-bir shaxslar tan jarohati olmagan.
Shikastlangan avtomashinalar jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Haydovchilar hushyor holatda bo‘lgan.
Hozirda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.