Superkompyuter sivilizatsiya yakuni sanasini taxmin qildi

Sivilizatsiya davomiyligini bashorat qilishga mo‘ljallangan  World One superkompyuteri insoniyatning yo‘q bo‘lib ketish davrini belgilab berdi, deb yozadi Britaniyaning The Daily Star nashri.

1970 yillarda Rim klubi tomonidan buyurtma qilingan mashina 2050 yilda sivilizatsiya qulashini aniqladi. Dunyo oxirining sababi odamlar faoliyati, xususan, atrof-muhit ifloslanishi va uning salbiy oqibatlari bo‘ladi.

"Taxminan 2040-2050 yillarda, biz bilgan ushbu sivilizatsiyalashgan sayyorada hayot yo‘qoladi", deyiladi prognozda. Hatto "ekologik toza" avtomobillarga to‘liq o‘tish va tug‘ilishni qat’iy nazorat qilish ham endi vaziyatni yaxshi tomonga burmaydi.

Shuningdek nashr superkompyuterning 2020 yil uchun bashoratida sayyoramizning holati "o‘ta og‘ir" bo‘lishi ta’kidlanganini eslatadi.

Avvalroq iqlimshunos Yoxan Rokstrem 50 yildan kamroq vaqt ichida havo haroratining ko‘tarilishi tufayli Braziliya, Hindiston, Afrika va Yaqin Sharqning bir qismidan ommaviy emigratsiya boshlanishi mumkinligini aytgan edi. Olimning prognozlariga ko‘ra, 2,4 daraja isish Yerga oldindan aytib bo‘lmaydigan hamda “halokatli” oqibatlar bilan tahdid soladi va butunlay yangi yashash sharoitlarini yaratadi. Ehtimol, sayyoramizning bir qismi yashashga yaroqsiz bo‘ladi.

G.Xoldorova tayyorladi.