Superliga: «Dinamo» Samarqandda «Qizilqum» ustidan g‘alabaga erishdi
- 26.05.2025 16:20
- 144
- Sport

Superliganing 11-turi doirasida «Dinamo» Samarqandda «Qizilqum»ni qabul qildi.
O‘yinda 3:2 hisobi qayd etildi.
Birinchi bo‘limning 21-daqiqasida «Qizilqum» legioneri Roman Popariga hisobni ochgan bo‘lsa, 51-daqiqada «Dinamo»ning 19 yoshli futbolchisi Oybek O‘rmonjonov jarimadan super gol urdi - 1:1.
Uchrashuvning 61-daqiqasida raqib jamoa futbolchisi Shahzodbek Rahmatullayev mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, 77-daqiqada esa «Dinamo» legioneri Jurani Ferreira hisobni tenglashtirdi - 2:2.
O‘yinning 90+6-daqiqasida «Dinamo» vingeri Sanjar Qodirqulov tomonidan kiritilgan gol Vadim Abramov jamoasiga g‘alaba keltirdi - 3:2.
Eslatib o‘tamiz, jamoamiz turnir jadvalida 22 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Teglar:
Dinamo
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Sabrni turmush o‘rtog‘imdan o‘rgandim
- Kecha, 17:07
- Mutolaa
Aksiya: “Suv - hayot demakdir!”
- Kecha, 15:14
- Samarqand
Har kuni o‘rtacha 6 kishi yo‘lda vafot etyapti
- Kecha, 14:46
- Dolzarb
Vatani yo‘q odam hech kimi yo‘q odamdir
- Kecha, 14:32
- Mutolaa
Oila muhiti jamiyatning kayfiyati mezoni
- 11/07, 19:39
- Jamiyat