Suriyada harbiylar namoyishchilarga qarata o‘q uzdi, qurbonlar bor

"Suriya Demokratik Kuchlari" (SDK) arab-kurd birlashmasi jangchilari Suriyaning Aleppo viloyatining shimolida joylashgan Manbijda namoyishchilarga nisbatan qurol ishlatdi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti axborot manbasiga tayanib.

Bir necha kundan beri Manbij aholisi SDK harakatlari va erkaklarni kurd tuzilmalarining qurolli otryadlariga majburiy ravishda chaqirilishiga qarshi namoyish o‘tkazmoqda.

"SDK jangarilari Manbij markazining Jazira doirasidagi namoyishchilarga harbiy qurol bilan o‘q uzdi, natijada to‘rt kishi halok bo‘ldi, 13 kishi yaralandi", deya xabar beradi agentlik.

Boshqa bir ma’lumotga ko‘ra, hibsga olish bilan yakunlangan bir necha reydlardan so‘ng Manbijdan sharqda joylashgan Al-Yasti aholisi kurdlar tarkibini qishloqni tark etishga majbur qilishgan.