Sutni qayta ishlovchi korxona faoliyati tiklandi
Jomboy tumanida karantin sabab faoliyati to‘xtab qolgan tadbirkorlik sub’yektlariga amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilyapti. Jumladan, “Zilol sut” oilaviy korxonasi bir qator muammolarga duch kelgan. Natijada, ta’sischilar vaqtincha ishlab chiqarishni to‘xtatib turishga qaror qilgan.
Davlat soliq inspeksiyasi mutaxassislari ishtirokida vaziyat tahlil qilindi. Tadbirkor muammosini qisqa fursatda bartaraf etish choralari ko‘rildi.
– Sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona ishi to‘liq tiklandi, – deydi 4-sektor rahbari Sh.Azamatov. – Natijada, 5 nafar fuqaro ishsiz qolishining oldi olindi. Ularga barcha sanitariya-gigiyena qoidalari tushuntirilib, zarur mehnat sharoiti yaratildi.
Shuningdek, korxona rahbarlari bilan muloqot davomida faoliyatini kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi. Buning uchun aksiyadorlik-tijorat “Xalk banki” tuman bo‘limidan 100 million so‘m kredit ajratish masalasi ko‘rilyapti. Kelgusida yana 3 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.