Suv osti kemasi topildi. Supertank loyihasi nega yopildi?
#O‘qing_qiziq!
Bu «Malyutka» M-96 kichik suvosti kemasi fin ko‘rfazi bo‘yidan topildi. 1944 yil sentyabrda mina bilan to‘silgan Narv rayoni hududida razvedkaga chiqib qaytib kelmagan sovet suvosti kemasi shu tariqa izsiz yo‘qolgan edi.
Yaqinda uni 42 metr chuqurlikda butun ekipaji bilan suvostida yotgani aniqlandi. Urush boshida uning komandiri «suvosti M1 suzuvchi»si Aleksandr Marinenko edi. 1943 yil mart oyida uni S-13 suvosti kemasi komandiri lavozimiga tayinlashadi. Uning boshchiligida S-13 Germaniyaning Vilgelm Gustalafa flotiga qarashli eng yirik harbiy kemasining suvga g‘arq qiladi.
***
«Patronaj» parkida «Ob’yekt 2.92» ulkan zambarakli sovut tankini ko‘rdim, bunaqa tank dunyoning hech bir mamlakatida yo‘q. Nega bu loyihani yopishgan”, deb savol beradi Kolamna shahridan S.Sinichkin.
Harbiy ekspert Viktor Muraxovskiy shunday javob beradi:
- Gap shundaki, uning pushkasi haddan tashqari katta bo‘lgani uchun tank qo‘shinlari topshiriq bajara oladimi, degan savolni qo‘yadi. «Ob’yekt 292» Leningradda Kirov zavodi konstruktorlik byurosida yaratilgan. Unga 152 mm. kalibrli pushka o‘rnatilgan, T-80 tank shassi ham kuchli tassurot qoldiradi. Ammo bu tank seriyali ravishda ishlab chiqarishga qo‘yilmaydi. Lekin Rossiya hozirda undan qudratli «Armata» tanki yaratilgan va dunyoda uning tengi yo‘q.
T.Shomurodov tayyorladi.