Suv parisi, qadimiy Aleksandr kutubxonasi siri, Suriyadagi Troyan urushi tasviri
Yaqinda Kaliforniyada politsiya g‘alati ayol bilan to‘qnash keldi. U kechasi soat 3:00 larda ko‘l bo‘yida qanday paydo bo‘lganini tushuntirib berolmadi. “ Men suv parisiman, ko‘zini ochsam, qirg‘oqda yotibman”, deya oldi u.
Uni kasalxonaga olib borishdi. Vrachlar amneziya – qonsizlik deb tashxis qo‘yishdi. Biroq ularni ayolning oyoq-qo‘l panjalari suvda yashovchilarniki singari suzgich pardali ekanligi hayratda qoldirdi... Bu g‘ayrioddiy hodisa haqida rasmiy hujjatlarda qayd etildi.
Kitob bermagan shaharga kiritilmagan
Aleksandr kutubxonasi qadimgi dunyoning eng yirik kutubxonalaridan biri. Uning javonlarida yarim milliontagacha kitob saqlangan.
Jarroh va faylasuf Galenni guvohlik berishicha, kutubxona fondini to‘ldirish uchun qonun bo‘lgan. Unga ko‘ra, shaharga kirgan har qanday kema bortidagi kitoblarni topshirish shart bo‘lgan.
Kutubxona xodimlari ularni ko‘chirilgan nusxasini qaytarib berishgan. Asl nusxa kutubxonada qoldirilgan.
Troyan urushi tasviri
Suriyaning 2018 yilda isyonchilardan qaytarib olingan Rastan shahrida arxeologlar ulkan - 120 kvadrat metr maydonni egallagan mozaika rasmni aniqladilar. U taxminan 1600 yil avval rangli tosh parchalarini devorga yopishtirish – mozaika usulidagi tasvirdir.
Tadqiqotchilar takidlashicha, mozaikada Troyan urushi aks etgan. Mozaikada jang qilayotgan askarlar, qurollar, qalqonlar, hatto jangchilarning ismlarini aksini topgan. Troyanliklar tarafida jangda ishtirok etgan amazonka ayollari ham mozaikada juda aniq tasvirlangan. Shu paytgacha qadimgi mozaikalarda amazonkalarning bunday tasviri kam uchrardi.
T.Shomurodov tayyorladi.