Suvdan foydalanish yuzasidan bir kunda 19 ta qonunbuzilish holati aniqlandi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda asosiy manba sanalgan suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv taqchilligini yumshatish yuzasidan suvdan foydalanish qoidalariga og‘ishmay rioya etish singari dolzarb masalalar o‘ta muhim sanaladi.

Shu maqsadda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyati boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-sonli Farmoni ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

2021 yilning 9 iyul kuni o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 19 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Xususan, Urgut tumanida 5 ta, Past Darg‘om tumanida 3 ta, Payariq, Samarqand, Jomboy va Ishtixon tumanlarida  2 tadan, Bulung‘ur, Nurobod, Narpay, Paxtachi va Oqdaryo tumanlarida 1 tadan qonunubuzilish holatlari sodir etildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan 5 ta ma’muriy va moliyaviy choralar ko‘rilib, 2 ta holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar, qonuniy chora ko‘rishlik uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborildi. Suvdan foydalanuvchilar va suv xo‘jaligi xodimlari tomonidan yetkazib berilgan suvni isrof qilish holatlarini bartaraf etish maqsadida tegishli sohalar rahbarlariga 4 ta yozma ko‘rsatma va taqdimnomalar kiritildi, mazkur holatlarni bartaraf etish maqsadida 8 ta ogohlantirishlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 74 moddasi 2-qismiga asosan, huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanildi.

Agroinspeksiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.