Suvlar nega aralashmaydi?
Bir biri bilan tutashgan ikki dengiz, dengiz va okean, daryo va irmoqlar suvi sathi orasidagi ko‘rinib turadigan chegaralar kamdan kam uchraydigan hodisa emas. Shunga qaramay, ular shunchalik g‘ayrioddiy bo‘lib tuyuladiki, kishi nogoh o‘ziga o‘zi savol beradi: nega ularning suvi aralashmaydi?
Ushbu suvlarning aralashmasligi sabablari haqida saytimizda 25 may kuni “Nega okeanlar suvi aralashmaydi?” sarlavhali maqola bergan edik.
Bugun sizni Yer yuzidagi turli suv havzalari orasidagi chegaralarini ko‘rish mumkin bo‘lgan ajoyib joylar bo‘ylab sayohat qilishga chorlaymiz.
Shimoliy va Boltiq dengizlarining Skagen (Daniya) yaqinidagi turli zichligi tufayli aralashmaydigan uchrashuv nuqtasi
***
O‘rta yer dengizi va Antlantika okeanining Gibraltar bo‘g‘ozidagi zichlik va sho‘rlanish farqi tufayli uchrashuv joyi
***
Bagamaning Elyuter orollari mintaqasidagi Karib dengizi va Atlantika okeani uchrashadigan joy. Chapda – feruza rangli Karib dengizi, o‘ngda ko‘k rangli Atlantika okeani
***
Surinam daryosi va Atlantika okeanining Janubiy Amerikadagi uchrashuv nuqtasi
***
Urugvay daryosi va uning irmog‘i qo‘shilish joyi Argentinaning Misones provinsiyasida joylashgan. Ulardan biri qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun tozalangan, ikkinchisi yomg‘ir paytida loydan deyarli qizarib ketadi
***
Germaniyaning Koblens shahridagi Mozel va Reyn daryolarining bir-biriga quyilishi
***
Germaniyaning Passau shahridagi Ils kichik tog‘ daryosi - Dunay va Inn daryolarining quyilish joyi. Inn Dunayga qaraganda keng va sersuv bo‘lishiga qaramay irmoq hisoblanadi
***
Qozog‘istonnning Ust-Kamenogorsk shahridagi Irtish va Ulba daryolarining quyilishi
***
Rossiyaning Oltoy Respublikasi Onguday mintaqasida joylashgan Chuya va Katun daryolarining quyilish joyi g‘ayrioddiy bulutli oq qo‘rg‘oshin rangini oladi hamda zich va qalin ko‘rinadi. Katun toza feruza rangda. Bir biriga bog‘langanda ular aniq chegarasi bo‘lgan ikki rangli oqim hosil qiladi va bir muncha vaqt aralashmasdan oqadi.
***
Shveysariyaning Jeneva shahrida Rona va Arv daryolarinnig quyilish joyi. Chap tarafda Lema ko‘lidan chiqqan Rona daryosi shaffof, o‘ngdagisi esa Shamoni vodiysining ko‘plab muzliklaridan to‘yinadigani loyli Arv.
Sayohatni Bahora Muhammadiyeva uyushtirdi.