Tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Majburiy ijro byurosi Oqdaryo tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Yangiobod qishlog‘ida joylashgan “ZULAYHO XOLMATOVA” oilaviy korxonasida tabiiy gazdan foydalanishi va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli Qaroriga rioya qilinishi holati o‘rganildi.
Korxonaga qarashli 3 dona umumiy maydoni 0,30 ga teng bo‘lgan issiqxonada loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilmasdan umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, issiqxonalarda tabiiy gazdan qo‘lbola usulda tayyorlangan 14 dona isitish pechlari va 1 dona maishiy isitish qozonidan foydalanib, pomidor va bodring mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanib kelgan.
Natijada davlat manfaatlariga 58 million 869 ming so‘mlik ancha miqdorda zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan Sarvar Nurmatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 1852-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Majburiy ijro byurosi
Samarqand viloyat boshqarmasi.