Tadbirkor o‘t qo‘ygan hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoiy ish ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida ro‘y bergan holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Yakkabog‘ tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mansur Tuymayev tadbirkor Bahriddin Isomovga tegishli ikki qavatli savdo va maishiy xizmat uyini noqonuniy ravishda buzishga bo‘lgan xatti-harakati o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish xulosalariga ko‘ra, tuman hokimi Donayev Shohmurod Xolboyevich hamda prokurori Jamshid  Xalilov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Tuman hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayev Xurramovich o‘z vakolatiga kirmaydigan xatti-harakatlarni amalga oshirgani sababli unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli bandlari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.