Talabalar yangi kitoblar bilan tanishdi

Samarqand davlat universitetida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” mavzusida o‘tkazilgan tadbir talaba-yoshlarni birlashtirdi.

Unda ishtirok etgan o‘qituvchi va o‘quvchilar universitet kutubxona fondida saqlanayotgan badiiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa mavzudagi adabiyotlar bilan tanishdi.

– Mamlakatimizda ikki yildan buyon o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi, bugun birorta yoshni befarq qoldirmayapti, – deydi o‘zbek filologiyasi fakultetining ikkinchi bosqich talabasi Mohinur Anvarova. – Masalan, buning isbotini kutubxona va kitob do‘konlaridagi odamlarning gavjumligidan ham ko‘rishimiz mumkin.