Ta’magir oqsoqolga nisbatan jinoyat ishi ochildi
- 22.02.2019 14:47
- 247
- Jinoyat va jazo
2019 yil 20 fevral kuni Samarqand tumani Badal mahalla fuqarolar yig‘ini raisi U.A. fuqaro B.B.ga o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joyini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun mahalla fuqarolar yig‘ini ma’lumotnomasini berish evaziga 400 AQSh dollari va tezkor tadbirga jalb etilgan “Anvar” ismli shaxsdan 500 ming so‘m pullarni ta’magirlik yo‘li bilan olayotganda qo‘lga olingan.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat fuqaro B.B.ning arizasi asosida iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand tuman bo‘limi, tuman prokuraturasi va tuman IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazgan tezkor tadbirda fosh etilgan.
Ushbu holat yuzasidan U.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 12:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim