Tanlovdan keyingi tayinlovlar

Sudyalar oliy kengashida sudyalik lavozimlariga tanlash va tayinlashga doir navbatdagi ochiq tanlov shaklidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Sudyalar oliy kengashining tegishli qarorlariga muvofiq respublikamiz bo‘yicha sudyalar keyingi muddatga tayinlandi. Ular orasida viloyatimizdan quyidagilar besh va o‘n yillik muddatda sudyalik lavozimlariga tayinlandi:
Anorov Furqat Shuhratovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Arslonov Jahongir Yuldashevich – sudyalik vakolati muddati davriga viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi;
Allayev Odil Ne’matovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi.