Tarixdagi eng katta dafn marosimlari: Qirolicha Yelizaveta II bilan vidolashish uchun bir sutka navbatda turishdi

* Qirolicha Yelizaveta II ning jasadi ertaga, 19 sentyabr kuni dafn etiladi. Dafn marosimi arafasida Euronews telekanali tarixdagi eng yirik motam marosimlari haqida ma’lumot berdi.

* 1948 yil 10 fevralda ikki million hindistonlik Mahatma Gandi bilan vidolashish uchun keldi. Siyosatchining xoki Jamna daryosiga sochildi.

* 1963 yil 25 noyabrda amerikaliklar Dallasga safari chog‘ida otib o‘ldirilgan Jon Kennediga ommaviy ravishda hurmat bajo keltirishdi. Kapitoliyga – AQShning marhum prezidenti jasadi oldida bir necha yuz ming amerikalik navbatda turishdi. Dafn marosimiga yuzga yaqin davlatdan vakillar keldi.

* 1965 yil 30 yanvarda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Uinston Cherchill sharaf bilan dafn qilindi. Mamlakatda bunday sharaf odatda faqat qirollar va malikalarga beriladi. Ammo insultdan vafot etgan hukumat boshlig‘i uchun istisno qilingan edi. Uning tobuti Vestminster zalida ko‘rgazmaga qo‘yilgan va dafn marosimi Londonning butun markazi bo‘ylab o‘tkazilgan.

* 1970 yil 12 noyabrda Parijdagi Notr-Dam soborida Fransiya prezidenti Sharl de Goll bilan vidolashuv marosimi tashkil etildi. Uning jasadi ma’badda bo‘lmagan. General dafn marosimida amaldorlar bo‘lmasligini istardi va uning jasadi Kolombe-le-Dyoz-Eglizda oilasi ishtirokida dafn qilindi.

* 2005 yilning 8 aprelida Vatikandagi minglab dindorlar katolik cherkoviga 26 yil rahbarlik qilgan Rim papasi Ioann Pavel II bilan xayrlashdi. Dafn marosimida yuzdan ortiq yuqori martabali siyosatchilar ishtirok etdi. Bir milliarddan ortiq odam motam marosimi televideniye orqali ko‘rishdi.

* 2013 yilning 15 dekabrida Janubiy Afrikada aparteid (1948-1994 yillarda Janubiy Afrika Ittifoqi va Janubiy Afrika Respublikasini boshqargan Milliy partiya tomonidan amalga oshirilgan irqiy segregatsiyaning rasmiy siyosati)ga qarshi kurashuvchi, tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Nelson Mandela o‘zi tug‘ilgan Tsgunu qishlog‘ida dafn etildi. Bungacha Afrikaning eng yirik stadioni – Yoxannesbergdagi “Sokker Siti”da Janubiy Afrikaning sobiq prezidenti bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tgan va unda AQShning birinchi qora tanli prezidenti Barak Obama so‘zga chiqqan edi.