Tarixni o‘zgartirgan choyxo‘rlik
Ba’zida ayrim arzimas voqealar ham jahon tarixini o‘zgartirib yuboradi. Quyida bunga yaqqol misolni o‘qiysiz.
XVIII asr oxirlarida Britaniyaning “Ost-Indiya” kompaniyasi deyarli xonavayron bo‘lgan edi. Angliya parlamenti uni qo‘llab-quvvatlashga qaror qiladi va keltiradigan hind choyiga joriy etilgan 25 foiz solig‘ini bekor qiladi.
Ammo ko‘p sonli britan mustamlakalari, jumladan, Amerikada ham buning o‘rniga to‘lanadigan bojning har bir funti hisobiga 8 pens oshiriladi. Oqibatda amerikalik mustamlakchilar g‘alayon ko‘tarib, britan choyiga boykot e’lon qiladi.
1778 yil 16 dekabrda esa Bostonda mustamlakachilar britan kemasiga hujum qilib, uning bortidagi hamma choyni suvga uloqtiradi. Aynan mana shu voqea “Boston choyxo‘rligi” sifatida tarixga kirdi.
Angliya zudlik bilan isyonchi mustamlakachilarni ta’zirini berib qo‘yish uchun flot jo‘natadi. Shundan so‘ng mustaqillik uchun urush boshlanadi. Aynan shu voqeadan keyin jahon xaritasida yangi mamlakat - Amerika Qo‘shma Shtatlari paydo bo‘ladi.
T.Shomurodov tayyorladi.