Tehrondan Pekinga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
- 29.05.2023 10:15
- 144
- O‘zbekiston

"Tehron — Pekin" yo‘nalishida IRM079 reysini amalga oshirayotgan "Mahan Air" aviakompaniyasining samolyoti Toshkentga favqulodda uchib keldi.
Samolyot kecha, 28 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:20 atrofida Toshkent aeroportiga kelib qo‘ngan.
Qo‘nishga yurak xurujiga uchragan yo‘lovchi sabab bo‘lgan. Yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli ekipaj muqobil aerodromga o‘tishga qaror qilgan.
Samolyot aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Teglar:
aviaqatnov
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Vatan, gulxan bo‘lay o‘choqlaringda!
- 13 daqiqa avval
- Madaniyat
Germaniya – yoshlar uchun imkoniyatlar mamlakati
- Bugun, 14:08
- Tijorat
Navoiyshunos olimlar anjumani
- Bugun, 14:06
- Samarqand
“Men endi osuda yashay olmayman”
- Bugun, 12:34
- Mutolaa