Termizdagi “Samarqand”ga qiziqish katta

Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida ishtirok etayotgan Samarqand viloyati vakillari uchun ajratilgan maydon ayni paytda festival ishtirokchilari va mehmonlari bilan gavjum.

Ayniqsa, xorijlik jurnalistlar va mehmonlar Samarqand pavilonidagi ramziy Registon maydoni, milliy hunarmandlar ko‘rgazmalari va badiiy, folklor jamoalar chiqishlarini katta qiziqish va hayajon bilan tomosha qilmoqda. Dunyoga mashhur Samarqand nonlaridan tatib ko‘rib, haqiqiy sharqona bozor ko‘rinishlariga guvoh bo‘lmoqda.

Festival mehmonlaridan biri bo‘lgan Tojikiston respublikasi madaniyat vaziri Shamsiddin Orzumbekzoda bugun viloyatimiz vakillarining ko‘rgazmalari bilan yaqindan tanishdi.

Rossiyaning “Kultura” telekanali ijodkorlari esa Samarkand bozori haqida maxusus film tayyorlashga kirishdi.