Test sinovlarida eng ko‘p chetlatilganlik holati Qashqadaryoda aniqlandi

Respublikadagi 64 ta ob’yektda (47 ta stadion va 17 ta xiyobonda) test sinovlari 1-smenada soat 08:00 da boshlanib, 11:00 da tugadi va 2-smenada 17:00 da boshlanib, 20:00 da tugadi.

Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 117 000 nafar abituriyentdan 111 280 nafari (95,1 %) qatnashdi.

10 nafar abituriyentning tana harorati 37 gradusdan yuqori bo‘lganligi sababli, ishtirok etishga ruxsat berilmadi.

Jami 5 574 nafar abituriyent test sinoviga kelmadi.

61 (+4) nafar abituriyent hududga kirish joyida: 49 (+6) nafari telefon, 8 (+1) nafari shpargalka, 4 (+1) nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgani uchun kiritilmadi.

Imtihon jarayonida tartib-qoidalarni buzganligi sababli 75 (+3) nafar abituriyent chetlatildi.

Eng ko‘p holat Qashqadaryo viloyatida aniqlanib, 15 (+11) nafari telefon va elektron qurilmalar, 2 nafari test materiallarini olib chiqishga uringanligi uchun chetlatildi.

4 sentyabrdagi test sinovi natijalarining tahlili, ayrim hududlardagi abituriyentlar nisbatan yuqori ball to‘plaganini ko‘rsatdi.

Jumladan:

Qashqadaryo viloyatida 10 470 ta abituriyentdan 156 nafari yoki 1,5 %;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 889 ta abituriyentdan 76 nafari yoki 1,3 %;

Toshkent shahrida 18 706 ta abituriyentdan 126 nafari yoki 0,7 %;

Xorazm viloyatida 6 970 ta abituriyentdan 100 nafari yoki 1,4 % – 162,5 ball yoki 86 %dan yuqori to‘plagan.

Videokuzatuv shtablarida Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya operativ xodimlari ishtirok etdi.