Tez orada yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketadigan mamlakatlar nomi aytildi

Global isish muzlarning erishi va dengiz sathining ko‘tarilishi tufayli bir qancha orol-davlatlarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi.

Iqlim o‘zgarishidan zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan hududlarga Kiribati, Tuvalu va Marshall orollari kiradi.

Kiribatidagi global ekologik nohukumat tashkiloti - Climate Action Networkning ma’lum qilishicha, Glazgodagi BMT sammiti orol davlati uchun hayotiy muhim voqeadir. U dengiz sathining ko‘tarilishi va kuchayib borayotgan tropik bo‘ronlar mintaqadagi odamlar hayoti va qishloq xo‘jaligiga tahdid soladi.

"Gap bir marta sodir bo‘ladigan voqealar haqida emas. Gap uylarimizni to‘liq «yutib yuborishi» mumkin bo‘lgan tabiiy hodisa haqida ketmoqda", deyiladi hisobotda.

Nashrning yozishicha, Kiribatining sobiq prezidenti Anote Tong Glazgodagi COP26 sammitida iqlim o‘zgarishi mamlakati uchun tahdid solayotgani haqida nutq so‘zladi. U shuningdek, Avstraliyaning bu sohadagi siyosatini tanqid qilgan.

Eng yirik megapolislardan biri suv ostida qoladi

Indoneziya poytaxti va uning eng yirik megapolisi - Jakarta esa 2050 yilga kelib suvga g‘arq bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar fikricha, global isish oqibatlarini kamaytirish uchun zarur choralar ko‘rilmasa, asr o‘rtalariga kelib shaharning kamida 25 foizi suv ostida qoladi.

Haroratning oshishi sayyoraning uch muzlik mintaqasi: Antarktika, Grenlandiya va Himolay tog‘larini erishiga olib kelmoqda. Bu asta-sekin okeanlar darajasini oshirib, Yerning qirg‘oqbo‘yi hududlarini xavf ostiga qo‘ymoqda. Iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgan kuchli siklonlar va suv toshqini, shuningdek, kuchli yomg‘ir vaziyatni yanada yomonlashtiradi.

Bolgariya qishloq xo‘jaligi universiteti tomonidan olib borilgan so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, 2019-2020 yillarda Jakartaning turli qismlari 1,8-10,7 santimetrga suv ostida qolish xavfida edi. Ushbu hodisaning sabablaridan biri shahar aholisining yer osti suvlaridan ommaviy foydalanishidir. Bu mamlakat poytaxti ostida bo‘shliqlarni vujudga keltirib, tuproq cho‘kishiga olib keladi. Eng xavflisi - Jahon okeani darajasi o‘sib bormoqda: hozir u 1900 yilga nisbatan 13-20 santimetr oshdi.

Maqolada qayd etilishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden iyul oyida Indoneziyaga poytaxtni o‘n yil ichida boshqa joyga ko‘chirishni maslahat bergan, chunki Jakarta iqlim o‘zgarishi sababli suv ostida qolishi mumkin.

Olimlar Yerdagi global isishni yumshatish zarurligini bir necha bor ta’kidlab kelishadi. Buning uchun 190 dan ortiq davlat sayyoradagi haroratni bir yarim-ikki darajagacha ushlab turishni nazarda tutuvchi Parij kelishuvini imzoladi. Hujjat qazib olinadigan yoqilg‘idan butunlay voz kechishni nazarda tutmaydi, biroq davlatlar issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish choralarini ko‘rishga da’vat etadi.

G.Xoldorova tayyorladi.