Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan haydovchi ogohlantirildi

2019 yil 19 avgust kuni soat 20:35 larda Bulung‘ur tumanidagi Navbahor mahallasidan o‘tuvchi Do‘stlik ko‘chasidagi yo‘l tutashmasida haydovchi 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro A.T. boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli davlat raqami 01 F 393 XA avtomashinasida tez yordam mashinasiga yo‘l bermasdan oldini to‘sib harakatlangan.

Ushbu holat yuzasidan haydovchi A.T.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchilik ma’daniyatiga to‘liq rioya etishi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Samarqand viloyati IIB

YHXB matbuot xizmati.