YPX inspektoriga qarshilik qilgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi
- 03.04.2020 09:37
- 166
- Jinoyat va jazo
Joriy yilning 31 mart kuni yo‘l-patrul xizmati inspektori Bag‘dod tumanida yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan harakatlanib kelayotgan «VAZ-2102» rusumli avtomashinani to‘xtatgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mast holatda bo‘lgan haydovchi D.R. hodisa joyidan yashirinishga urinib, inspektorning qonuniy talablarini bajarmasdan, fuqarolar oldida uni haqorat qilgan. Shuningdek, bezorilik harakatlarini sodir etib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslikni talab qilgan.
Haydovchi D.R.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar Bag‘dod tumani ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 38 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!