Tibbiyot yo‘nalishidagi oliygohlarda talabalarni majburiy mehnatga jalb qilingani yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot ta’lim muassasalari bitiruvchi kurslari birlamchi tibbiyot muassasalariga amaliyotga yuborilayotgani hamda ular tibbiy xatlov jarayonlarida qatnashib, aholining antropometrik o‘lchovlarini olish ishlariga jalb etilayotgani haqida turli mazmundagi ma’lumotlar tarqalmoqda.
Oliy Majlis Senati bu bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlanganini ma’lum qildi.
"Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi tomonidan Davlat mehnat inspeksiyasi bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi talabalari hududlarning ambulator-poliklinika muassasalariga aholining antropometrik ma’lumotlarini yig‘ishga majburiy safarbar etilganligi to‘g‘risida holatlarni o‘rganish ishlari boshlangan.
Mazkur masalani o‘rganish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi", deyilgan Senat xabarida.