Tijorat banklarining ob’yektlardagi shoxobchalariga faoliyat yuritishi uchun ruxsat berildi
Respublika Maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, tijorat banklarining ob’yektlardagi shoxobchalariga faoliyat yuritishi uchun ruxsat berildi. Ushbu qaror asosida bank infratuzilmalari aynan qaysi ob’yektlarda ishga tushirilmoqda va ularni ishlash tartibi qanday bo‘ladi?
- Inqirozga qarshi kurashish Respublika Maxsus komissiyasining 2020 yil 24 apreldagi qaroriga asosan tijorat banklarining ob’yektlardagi shoxobchalari (kassalari)ga sanitariya-epidemiologiya talablari asosida faoliyat olib borishga ruxsat berildi.
- Joylardagi bank xizmatlariga bo‘lgan talabni inobatga olgan holda, tijorat banki binosidan tashqarida joylashgan kassalari, valyuta ayirboshlash shoxobchalarining faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yilmoqda.
- Ushbu infratuzilmalar qat’iy belgilangan sanitariya-epidemologiya talablari asosida karantin qoidalariga to‘liq rioya etgan holda, o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari lozim.
- Xususan, bank xodimlari va mijozlarning bank binosida bir-biridan kamida 2 metr oraliqda ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat olib borishlarini ta’minlash talab etiladi.
- Bankka tashrif buyuruvchilarni birma-bir tekshirish va antiseptik vositalar yordamida dezinfeksiyalash, shu jumladan, bank binosini ham belgilangan vaqt oralig‘ida dezinfeksiyalash lozim.