Tilla ayol

Odamlarni hamma vaqt abadiy hayot sirlari qiziqtirib kelgan. O‘rta asrlarda barhayotlik ichimligini qidirish bilan juda ko‘p kishilar, ayniqsa, ximiklar, mutaxassislar shug‘ullangan.

Ular o‘zlarining sehrli ichimligiga o‘rgimchak, yomg‘ir chuvalchangi, qurbaqa tuxumi yoki chayon yog‘ini qo‘shishgan. Biroq Fransiya qiroli Genrix II malikasi Diana de Puate ushbu vositalarni bema’ni, deb hisoblagan. U oltindan tayyorlangan abadiy go‘zallik va yoshlik eleksirini qabul qilgan.

Alximiklar oltin quyosh energiyasini o‘ziga singdirib, insonga uning kuchini in’om qiladi deb uni ishontirishgan. Ammo Diana de Puate 66 yoshida vafot etgan. 

Taqdir hukmi shunday bo‘lsa-da, Diana o‘zining go‘zalligi va yoshligi bilan hammani hayratga solgan. Tadqiqotchilar uning qabrini ochib, jasadi qoldiqlarini o‘rganganida Diananing sochlari tarkibidagi oltin me’yoridan 250 marta ko‘p bo‘lganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, qirol malikasiga tayyorlab berilgan yoshlik eleksiriga simob ham qo‘shilgani ma’lum bo‘ldi. "Ehtimol, hali uncha qarimagan Diana o‘limiga aynan simob sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas", deb xulosa qilgan tadqiqotchilar.

T.Shomurodov tayyorladi.