«Tilla bola» necha pul?
#Bilasizmi?
Niderlandiyada restoranlardan birida "Tilla bola" deb nomlangan burger taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Nomi to‘liq narxiga muvofiq – 5 ming yevro.
Bulochkani ikkiga bo‘lib orasiga mol go‘shti, baliq ikrasi, Kamchatka balig‘i go‘shti, dumba qayla va boshqa masalliqlar solingan.
Bulochkaning o‘zi tilla bilan qoplangan. Burger shaxsiy buyurtmaga binoan tayyorlanadi. Buning uchun ikki hafta oldin buyurtma berib, oldindan 550 yevro to‘lash lozim.
Xulq-atvor atmosferadagi qo‘rg‘oshin miqdorini aniqlaydi
Yevropaning 37 mamlakatida o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatdiki, havoda qo‘rg‘oshin miqdori yuqori hududlarda voyaga yetgan bolalar tajang, kattalarga nisbatan jamiyatga qarshi xulq-atvorga ega qaysar bo‘lishar ekan.
Qo‘rg‘oshinning ta’siri oqibatida vujudga kelgan bu salbiy xulq bir umr saqlanib qolarkan.
Pochtachilarga bronjilet nega kerak?
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya pochtasi o‘z xodimlari uchun bel va ko‘krak qafasini himoyalaydigan qo‘shimcha plastinalar bilan 198 ta bronjilet sotib olayotgani haqida xabar tarqaldi.
Buning uchun 3,5 million rubl ajratilgan. Bronjilet birinchi navbatda katta miqdorda pensiya pullarini yetkazib beruvchi pochta mashinalari haydovchilari va kassirlarga beriladi. Moskva va Peterburg inkassatorlarini bronjilet bilan ta’minlash boshlandi. Kvartiralarga pensiya va gazeta-jurnallar tarqatuvchi pochtachilar esa nam o‘tkazmaydigan gazmoldan tayyorlangan sumkacha bilan ta’minlanadi. Velosipedli, samokatli aloqachilar uchun hozircha bu zarur emas ekan.
T.Shomurodov tayyorladi.