Tirsakni tirsakka tekkizib ko‘rishishda koronavirus yuqmaydimi?

Yevropada o‘ylab topilgan tirsakni tirsakka tekkizib salomlashish yoshlar orasida ommaviy tus olmoqda. Xo‘sh, aslida bu usulda salomlashishda koronavirus yuqmaschligiga kim kafolat bera oladi?

Hozirgi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan odamlar orasida koronavirus tarqalishining oldini olishda eng yaxshi usul - bu kamida bir-ikki metr oraliq masofa saqlash, ommaviy yig‘ilmaslik, uydan chiqmaslik, deb hisoblanmoqda.

Endi mana shu tavsiyalarni hisobga olsak-da, o‘sha Yevropadan kirib kelgan - qo‘l tirsagini tirsakka tekkizib salomlashish usuli to‘g‘rimi yoki noto‘g‘riligini solishtirsak.

Anglaganingizdek, bu usulda salomlashish aslida mutlaqo noto‘g‘ri va xavflidir. Shu sababli yoshlarimizdan bunday usul bilan salomlashmaslikni, oraliq masofa bilan, o‘zimizning o‘zbekona, qo‘lni ko‘ksimizga qo‘yib salomlashishlarini so‘rardik.

Bilasangiz, o‘zimizning o‘zbekona, qo‘lni ko‘ksimizga qo‘yib salomlashish salomatligingizga umuman xavf solmaydi.

Jamolbek SALOMOV.