Tishdagi maxfiy joy

Rus–yapon urushi davrida juda ko‘p xitoy va yapon josuslari paydo bo‘lgan. To‘plangan ma’lumotlarni boshliqlarga uzatishda ular chinakam ayyorlik ko‘rsatishgan.

Xitoylik agentlar qo‘lga kiritgan axborotni yoddan o‘qiy olmasa, iyeroglifda yozilgan qog‘ozni sochiga ingichka qilib qo‘shib, o‘rishgan. Ayrim josuslar ichi bo‘sh tilla tishlardan o‘ziga xos «pochta qutisi» sifatida foydalanishgan.
Venesuelalik Rafaelde Nogales birmuncha vaqt yapon razvedkasi agenti bo‘lib xizmat qilgan. U Port-Arturda yaponlar yuborgan xitoy josusi Vau Lin bilan ishlagan. Uning aytishicha, o‘sha josusning ma’lumotlarni maxfiy saqlashi uchun bir necha bo‘sh kovakli tilla tishlari bo‘lgan.

Ногалес Мендес, Рафаэль де — Википедия
Rafaelde Nogales

“Har oqshom, - deydi Nogales xotiralarida. - Lin xonamiz poliga sham yorug‘ida kunduzi kuzatgan rus okoplari sxemasini chizar, keyin rasm va belgilarini lupa yordamida bir parcha yupqa qog‘ozga ko‘chirib, uni yumaloqlab tilla tishi kovagiga joylardi”.

To‘rt mamlakat tortishayotgan bebaho yuk
1771 yil kech kuzida Amsterdamdan “Frau Mariya” nomli kema yo‘lga chiqib, Rossiya imperiyasi qirg‘oqlari sari suzib ketdi. Ammo kema Sankt-Peterburgga yetib borolmadi. Dahshatli to‘fonga duch kelib, cho‘kib ketdi.

Клад Фрау Мария: Затонувший корабль

Kema bilan birga kimoshdi savdosida Ermitaj uchun sotib olingan, Gollandiyada yasalgan bebaho chinni san’at asarlari ham g‘arq bo‘ldi. Chinni buyumlardan tashqari son-sanoqsiz bronza haykalchalar, eng muhimi, Rembrand va boshqa golland rassomlari ijodiga mansub o‘nlab kartinalar ham suv ostida qoldi.

Yukning umumiy qiymati 1,5 milliard yevroga baholanadi. Kema faqat 1999 yilga kelib aniqlandi. Biroq kema va bebaho yuklar hamon Boltiq dengiz qa’rida qolmoqda. Sababi, endilikda xazinaga to‘rt davlat - Gollandiya, Finlandiya, Shvetsiya, Rossiya da’vogarlik qilmoqda. Bunga hammasining asosi bor - kema Gollandiyaniki, u Finlandiya hududida cho‘kkan. Falokatga uchraganda esa shved suvliklarida suzib borayotgan bo‘lgan, Rossiya esa xazina uchun pulni o‘z g‘aznasidan to‘lagan. Bahs hanuz davom etyapti.

T.Shomurodov tayyorladi.