TIV: Uxan shahridagi 81 nafar yurtdoshimiz uchun charter reyslar tashkil etiladi
Hamyurtlarimizdan 2020 yil 1 fevraldan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatilganiga doir ko‘plab murojaatlar kelib tushayotgani munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi Xitoy tomoni bilan charter reyslar tashkillashtirish masalasi ustida ish ketayotganini ma’lum qildi.
Charter reyslar maqsadi xizmat safari va ta’lim olish maqsadida Xitoy hududida (jumladan Uxan shahrida) bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilishdan iborat.
O‘zbekistonning Pekin shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga binoan 1 fevral holatiga ko‘ra, Uhan shahrida 81 nafar yurtdoshimiz bor, deb xabar bermoqda TIV Axborot xizmati.
Ular bilan telefon orqali aloqa o‘rnatilgan hamda “WyeChat” ijtimoiy tarmog‘i («Wuhan 2020 Uzbekistan», «Embassy of Uzbekistan» i «Uzbekistan students №1» guruhlari) orqali muloqot amalga oshirilmoqda.
Pekin shahridan Toshkent shahriga charter reyslar 4 va 5 fevral kunlari aeroportning 2-terminaldan amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
TIV O‘zbekiston fuqarolaridan 3 fevral kuni Pekin shahriga kelishlarini so‘ramoqda.
Boshqa reyslar sanasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar berilishi aytilmoqda.