Tojikistonda bo‘lib qaytgan 8 nafar tibbiyot xodimi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
- 22.05.2020 15:38
- 183
- COVID-19
Bugun tojikistonlik hamkasblari bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib borgan shifokorlarimiz yurtimizga qaytishdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yurtimizdan borgan anesteziolog-reanimatolog, pulmonolog, epidemiolog, infeksionist, virusolog kabi mutaxassislarimiz tojikistonlik hamkasblari bilan hamkorlikda qator tavsiyalar ishlab chiqishdi va shu asosda samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Tojikistonda bo‘lib qaytgan tibbiy guruh tarkibidagi barcha, ya’ni 8 nafar tibbiyot xodimi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.





O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Keksa kuychi
- 34 daqiqa avval
- Mutolaa
Xitoyda mansabdor pora olgani uchun qatl etildi
- Kecha, 16:04
- Xorij