Tojikiston o‘z avtomobilida kirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun yengillik yaratdi

Tojikiston hukumati mamlakat hududiga o‘z avtomashinasida kirayotgan O‘zbekiston  fuqarolari uchun sug‘urta to‘lovini kamaytirdi.

Endilikda O‘zbekiston fuqarolari avtomashina dvigatelining hajmiga qarab 15-20 somoniy miqdorda sug‘urta bojini to‘laydi.

Oldin, o‘zbekistonliklar Tojikiston Respublikasi hududiga kirish uchun taxminan 52 AQSh dollar miqdorida davlat sug‘urta badalini to‘lashgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda chegaradan o‘tish uchun to‘lov narxini iyun oyining o‘rtalarida pasaytirgan edi: 14 iyundan tojikistonliklar yengil avtomobilning qo‘shni respublika hududiga kirishi uchun taxminan 15-20 somoniy to‘laydi.