Tojikistonlik jurnalistlar Samarqanddagi tarixiy qadamjolar va ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek, tojikistonlik bir guruh jurnalistlar O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilgan press-tur dasturi doirasida Samarqandga tashrif buyurgandi.
Mehmonlar press-tur davomida Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida o‘rnatilgan hazrat Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali poyiga gul qo‘ydi. Shundan so‘ng tarixiy qadamjolarda, Sadriddin Ayniy uy-muzeyida bo‘lishdi. Shuningdek, "SamAvto" korxonasi, "Noshir lyuks" mas’uliyati cheklangan jamiyati bosmaxonasi, «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi va "Konigil meros" qog‘oz ishlab chiqarish korxonasidagi ish jarayonlari bilan tanishdilar.
Tashrif yakunida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov tojikistonlik jurnalistlar bilan uchrashdi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda ikki mamlakat o‘rtasidagi abadiy do‘stlik aloqalari madaniy, ma’naviy, iqtisodiy sohalarda mustahkamlanayotganini alohida e’tirof etdi.
Shuningdek, viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablarida tojik tili fakultetlari, sinflari ochilayotgani, taniqli san’atkorlar tomonidan tojik tilida konsert dasturlari namoyish etilayotgani aytib o‘tildi.
Bahriddin XONKELDIYeV.