"Tolibon" amnistiya va’da qilmoqda va ayollarni davlat tuzilmalariga chorlamoqda

Ha, shunday. "Tolibon" Afg‘oniston hukumat amaldorlariga umumiy amnistiya berishni va’da qilmoqda va ayollarni hukumat tuzilmalarida ishtirok etishga chaqirmoqda.

Tashkilot vakili Enamulla Samangani shunday bayonot berdi:

“Islom Amirligi ayollarning azob chekishini xohlamaydi. Ular shariat qonunlariga muvofiq davlat tuzilmalari ishiga jalb qilinishi kerak. Boshqaruv tuzilmasi qanday bo‘lishi hozircha aniq emas, lekin mavjud tajribani hisobga olgan holda, u albatta butunlay islomiy rahbariyat bo‘lishi shart va unga hamma tomonlar birlashishi kerak".

Samanganining so‘zlariga ko‘ra, "Tolibon" o‘z oldiga aholini islomlashtirish vazifasini qo‘ymaydi, chunki Afg‘oniston musulmon mamlakatdir va ko‘p davlatlar terrorchi deb tan olgan harakat bu borada qanday qoidalarga amal qilinishini kutayotganini mamlakat aholisi juda yaxshi biladi.

"Tolibon" nazorati ostiga o‘tgan hududlarda qiz va ayollarga qattiq cheklovlar qo‘yildi: ular uyda qolishi, soch va yuzlarini yashiradigan diniy libos kiyishi talab etildi, hatto o‘rta maktab ta’limini olish huquqidan mahrum bo‘lishdi. "Tolibon" amal qilgan qonunlar o‘ziga jabr yetkazish va o‘lim jazosining keng qo‘llanilishini nazarda tutadi. Bundan tashqari, harakat vakillari san’at asarlari, odam va hayvonlar tasvirlangan reklamalarga qarshi.

Shuning uchun "Tolibon" Qobulga kelganidan so‘ng, shahar ko‘chalarida radikal musulmonlarning islom haqidagi g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaydigan graffit va plakatlar bo‘yaldi. Ayollar ommaviy ravishda qora kiyishdi, ulardan uyda qolish va erkaklarsiz ko‘chada ko‘rinmaslikni talab qila boshlashdi.

Rossiyalik siyosatshunoslar "Tolibon" o‘z pozitsiyalarini yumshatishini va hech bo‘lmaganda boshida xalqaro maydonda o‘z qiyofasini yaxshilashga harakat qilishini kutishmoqda. Avgust oyida "Tolibon" hujumi paytida harakatning vakillari o‘zlari mas’ul bo‘lgan hududlarda turli tartiblarni joriy qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Masalan, ba’zi hududlarda qizlar maktabga borishni davom ettirgan bo‘lsa, boshqalarida bu taqiqlandi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, amnistiya va ayollarning davlat tuzilmalariga kirishi haqidagi arizalarga qo‘shimcha ravishda "Tolibon" ayollarga teledasturlarni olib borishga ruxsat bergan. Harakat vakili Suhayl Shohin "Tolibon" sudsiz jazolamasligini va’da qildi. Unga ko‘ra, oyoq-qo‘llar jazo tariqasida kesilishi yoki toshbo‘ron qilinishi faqat shariat sudining qarori bilan ijro etiladi.
Gulnora Xoldorova tayyorladi.