Tolibon bir yillik hukmronligini bayram qilmoqda
Tolibon harakati 15 avgust – Afg‘onistonda o‘z hukumatini o‘rnatgani yilligini bayram deb e’lon qildi. Bu haqda mamlakat OAV xabar tarqatgan.
Bundan roppa-rosa bir yil avval, mamlakatning 34 viloyatidan 33 tasini egallab olgach, 15 avgust kuni qurolli Tolibon guruhlari Afg‘oniston poytaxti - Kobulga hukumat qo‘shinlarining qarshiliklarisiz kirib keldi. O‘sha kuni Sobiq prezident Ashraf G‘ani va uning vazirlar mahkamasi a’zolari qochib ketishdi.
Mamlakat qo‘lga kiritilganidan bir yil o‘tib, Tolibon tomonidan tuzilgan hukumat dunyoning hech bir davlati tomonidan rasman tan olinmagan.