Tolibon BMTda chiqish qilmoqchi
Ular shu tariqa Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan foydalanib, dunyo rahbarlariga murojaat etmoqchi.
Tolibon Birlashgan Millatlar Tashkilotidan dunyo rahbarlariga murojaat qilishga ruxsat so‘radi va Afg‘onistonning BMTdagi elchisi sifatida Dohadan vakil tayinladi. Bu haqda 21 sentyabr kuni Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mottakining Bosh kotib Antonio Guterrishga yozgan maktubiga tayanib Reuters xabar berdi.
Tolibon maktubida aytilishicha, sobiq hukumatning BMTdagi vakili G‘ulom Isakzayaning missiyasi yakunlangan va u endi mamlakat vakili bo‘la olmaydi.
Bosh kotib vakili Farxan Xak tushuntirganidek, hozirgi vaziyat "qarama-qarshilikka olib kelishi mumkin".
U shuningdek, xat mandat komissiyasiga topshirilganini bildirdi. Ammo komissiya 27 sentyabr, dushanbagacha yig‘ilishi ehtimoldan holi. Aynan shu kuni Bosh assambleyaning sessiyasi tugaydi.
Bu hafta BMT Bosh assambleyasida jahon davlatlari rahbarlarining chiqishlari bo‘ladi. Ayni paytda ba’zi ma’ruzachilar BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida, ba’zilari tashkilotga video-xabar yuborishmoqda.