Tolibon boshqa davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirmoqchi
- 24.09.2021 16:26
- 64
- Xorij
Agar shaxsiy vakili BMT tomonidan tasdiqlansa, Afg‘onistonning yangi hukumati boshqa davlatlar bilan munosabatni rivojlantirish va mustahkamlash niyatida, dedi Afg‘oniston muvaqqat hukumati madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabiulla Mujohid, RIA Novosti bilan suhbatda.
“Mening akam Suheyl (Shohin) BMTda bizning vakilimiz sifatida tasdiqlansa, u boshqa davlatlar, jumladan, Yevropa Ittifoqi va AQSh, shuningdek, musulmon davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlashga harakat qiladi. Xudo xohlasa, BMTga tayinlanganimizdan keyin, bu birinchi galdagi vazifamiz bo‘ladi”, dedi Mujohid.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa