Tolibon Qurbon hayiti bayrami davrida o‘t ochishni to‘xtatganini ma’lum qildi
- 30.07.2020 08:30
- 73
- Xorij

“Tolibon” terrorchilik harakati (O‘zbekistonda taqiqlangan) Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan uch kunga o‘t ochishni to‘xtatganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar berdi.
“Hamyurtlarimiz ushbu muqaddas bayramni tinch va yaxshi kayfiyatda o‘tkazishlari uchun barcha “Islom amirligi” jangchilariga Qurbon hayiti bayrami vaqtida uch kechayu uch kunduz dushman tomonga nisbatan hech qanday tadbirlar o‘tkazmasligi to‘g‘risida buyruq berildi”, deyilgan “Tolibon” axborotida.
Biroq Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari tomonidan hujum uyushtirilsa, jangarilar javob qaytarishlari mumkinligi alohida ta’kidlangan.
Teglar:
Tolibonlar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- 1 soat avval
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim