Tomsiz uchgan “Boing”
1988 yilda Gavayining Xilo va Gonolulu orollari orasidagi yo‘nalishda 89 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan “Boing-737” samolyoti havoga ko‘tarildi. Parvoz bor-yo‘g‘i 35 daqiqa davom etishi kerak edi. Samolyot 7300 metr balandlikka ko‘tarilganda nimadir yorilib, qirsillagan ovoz eshitildi va samolyot yengilgina havodagi oq kabrioletga o‘xshab qoldi.
Birinchi olti qator o‘rindiqlari ustidagi tom qismi va samolyot yon qoplamasi yulinib ketdi va yo‘lovchilar 500 km/soat tezlikda 41 daraja sovuq havodan “bahramand bo‘ldi”.
Voqea sodir bo‘lganda yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqishga ulgurgani, ikki styuardessa salonning orqa qismida turganligi va to‘g‘ri kelgan narsani ushlab olishga muvaffaq bo‘lgani sabab ular o‘z hayotini saqlab qolishdi.
Uchuvchilar kabinasida germetikaning buzilishi to‘g‘risidagi signal kelganda uchuvchi Robert Shornshtaymer orqasiga o‘girildi va ko‘m-ko‘k osmon va qo‘rquvda bo‘lgan yo‘lovchilarga ko‘zi tushdi, kabina va yo‘lovchilar orasidagi bo‘linma ham yulinib ketgandi.
Shornshtaymer va ikkinchi uchuvchi Medelin Tompkins shoshilinch ravishda samolyot tezligini 390 kilometr/soatga va balandligini 3000 metrga pasaytira boshladilar, u yerda yo‘lovchilar hech bo‘lmaganda yengil nafas olishga muvaffaq bo‘ladi. Samolyotdagi kislorod ballonlari tom bilan birga uchib ketgandi.
Odamlar iloji boricha muzli shamoldan yashirinib o‘tirishdan boshqa iloji yo‘q edi. Styuardessa Mishel Xonda jarohatlanganlarga yordam berish maqsadida bo‘ronli shamolni yengib o‘tib, salon bo‘yicha harakatlana boshladi.
Gavayida orollar juda ko‘p va ularning har biri o‘z aeroportiga ega. Samolyot Maui orolidagi Kaxului aeroportiga qo‘na boshladi. Kema ekipaji komandiri tavsiya etilgan 260 km/soat tezlik o‘rniga 320 km/soat tezlik bilan samolyotni qo‘ndirishga kirishdi.
Yerdagi kuzatuvchilar shassi chiqqanligi va qo‘nish mumkinligi to‘g‘risida xabar berishdi. Ikkinchi urinishda chap dvigatel ishlamay qoldi va Shornshtaymer samolyotni bir tomonli parvoz rejimiga o‘tkazdi. Titilgan kema va dvigatellaridan bittasi ishlamay turgan samolyotning qo‘nish jarayoni muvaffaqiyatli o‘tdi.
Voqea sodir bo‘lgan paytdan qo‘nishgacha hamma uchun juda uzoq bo‘lgan 11 daqiqa o‘tdi.
Yo‘lovchilar va ikki styuardessa asosan lat yeyish va sovuq urishi kabi turli og‘irligidagi tan jarohatlari olishdi. Jasorat va professionallik uchun barcha ekipaj a’zolari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Avariya sodir bo‘lishining sababi doimiy “uchish-qo‘nish” sikllari tufayli korpusdagi mikroyoriqlar bo‘lgan. Samolyot faqat Gavayi aeroportlari orasidagi qisqa yo‘nalishlarda ishlagan va 35 496 soat davomida 89 680 ta shunday sikllarni bajargan. Albatta, yerdagi boshqarish xizmatlarining mas’uliyatsizligi ham bu yerda katta rol o‘ynagan.
Endi muzlab qolgan bir guruh odamlarni olib kelishganida Gavayidagi shifokorlarning hayratini tasavvur qiling. Axir ular ilgari bunday jarohatlar bilan faqat kitoblar orqali tanish bo‘lgan.
Internet materiallari asosida Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.