Tongda Rossiya poytaxtiga noma’lum uchuvchisiz uchish apparatlari tomonidan hujum uyushtirildi

Moskvaning ko‘plab tumanlari aholisi portlashlar haqida xabar bergan. Shahar markazidagi Komsomolskiy prospektida dron parchalari topilgan. Bu haqda Rossiyaning RIA novosti xabar beradi.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi yaqinida joylashgan bino yonidan ham dron parchalari topilgan. Derazalar oynalari singan, voqea joyiga tez yordam xizmati chaqirilgan.

“Bugun, 24 iyul kuni, ertalabki soat 4:00 da ikkita noturar joy binosiga dron zarbalari qayd etildi. Jiddiy vayronagarchilik va qurbonlar yo‘q”, — dedi Moskva meri Sergey Sobyani Telegramm kanalida.

Ayni paytda Komsomolskiy prospekti bo‘ylab viloyat tomon avtotransportlar harakati, Lixachev shoh ko‘chasi bo‘ylab harakat ham to‘sib qo‘yilgan.

Matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda voqea joyida huquq-tartibot va favqulodda xizmatlar xodimlari ishlamoqda.