To‘rt o‘smir voyaga yetmagan shaxsga nisbatan bosqinchilik sodir etdi
Joriy yilning 3 iyul kuni soat 14:00 da 19 yoshli M.A., A.S., 21 yoshli B.O., 20 yoshli S.P.lar bir guruh bo‘lib, Asaka tumani Ulug‘bek mahallasi hududida ketayotgan, voyaga yetmagan 17 yoshli T.M.ni to‘xtatib, uni «Neksiya» rusumli avtomashinaga o‘tqazgancha, ovloq joyga olib borib, pichoq va tayoq bilan qo‘rqitgan va unga tegishli bo‘lgan 430.000 so‘m pullarini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A., A.S., B.O., S.P.lar protsessual tartibda ushlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Tergov jarayonida S.P.dan bir dona pichoq va bir dona yog‘ochdan ishlangan tayoq protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Jinoyat ishi bo‘yicha M.A., B.O. va S.P.larga O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 3-qismi «a,b» bandlariga (qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bosqinchilik), A.S.ga nisbatan esa 164-moddasi 3-qimsi «a» bandiga (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bosqinchilik) muvofiq ayb e’lon qilinib, ularga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.