Afg‘onistonda noma’lum bosqinchilar tomonidan 100 dan ortiq tinch aholi o‘ldirildi
Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi Spin-Boldak hududida «Tolibon» radikal harakati jangarilari tomonidan egallab olinganidan keyin noma’lum shaxslar yuzdan ortiq tinch aholini o‘ldirdi, deb xabar bermoqda Afg‘onistonning Tolo News telekanali Ichki ishlar vazirligi vakili.
Afg‘oniston hukumati tinch aholi o‘ldirilishida hududni nazorat qilayotgan «Tolibon»ni aybladi.
"Panjab (Pokiston) dan kelgan «xo‘jayin»larining buyrug‘i bilan shafqatsiz terrorchilar Spin-Boldakning ba’zi uchastkalarida afg‘onlar uyiga hujum qilishdi, talon-toroj qilishib, yuzlab begunoh odamlarni o‘ldirdi", dedi Ichki ishlar vazirligi vakili Mirvais Stanekzay.
Telekanal xabar berishicha, «Tolibon» tinch aholi o‘ldirilishida ishtirokini rad etmoqda.
Avvalroq Pokiston bilan chegaradagi Spin-Boldak hududi tolibonlar tomonidan qo‘lga olingan va keyin yana hukumat kuchlari nazorati ostiga o‘tgan. RIA Novosti manbasiga ko‘ra, Pokiston-Afg‘oniston chegarasida joylashgan Spin-Boldak tumanidagi punkt savdo-sotiq nuqtai nazaridan strategik mavqega ega.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari bilan qishloq joylarda muhim hududlarni egallab olgan va yirik shaharlarga qarshi hujumni boshlagan «Tolibon» jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik avj olmoqda. Afg‘oniston hukumati va «Tolibon» o‘rtasida Qatar poytaxtida tinchlik muzokaralari 2020 yil 12 sentyabrda boshlandi. AQSh ma’muriyati 1 maydan 11 sentyabrgacha Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqishni ittifoqchilar bilan kelishilgan holda yakunlashni va’da qilgan edi. 2020 yilda esa Vashington va «Tolibon» rasmiylari Doxada 18 yildan ortiq davom etgan urushda birinchi tinchlik shartnomasini imzolashdi. Unda xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistondan chiqarilishi va mahbuslar almashinuvidan so‘ng afg‘onistonaro muloqot boshlanishi nazarda tutilgan.