«Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida “Mercedes-Benz” yuk mashinasi yonib ketdi
- 15.10.2019 09:56
- 150
- Jamiyat

Kecha, 14 oktyabr kuni soat taxminan 15:10 larda «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Ohangaron tumanidan o‘tgan 158-kilometrida yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat raqami 01 423 GGA bo‘lgan “Mercedes-Benz” rusumli yuk mashinasi yomg‘irli ob-havo sharoitida rul boshqaruvini eplay olmay, yo‘lni ajratuvchi beton to‘siqqa borib urilgan. Zarb natijasida kelib chiqqan yong‘in sababli yuk mashinasi yonib ketgan.
«Yuk mashinasi boshqaruvida bo‘lgan haydovchi - 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro K.E. sog‘-salomat. YTHdan tan jarohati olganlar yo‘q», deyiladi xabarda.
Toshkent viloyati IIBB YHXB haydovchilarga murojaat qilib, kuz-qish yog‘ingarchilik mavsumida, tezlikni oshirmasliklarini va yo‘l qoidalariga amal qilishlarini so‘radi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Al-Xorazmiy vorislari akademik bilan uchrashdi
- Kecha, 10:35
- Ta’lim
Mark Karni Kanadaning yangi bosh vaziri bo‘ladi
- 10/03, 09:53
- Xorij
Mart oyida nima ekish mumkin?
- 09/03, 19:16
- Maslahat