Toshkentda mast holda uxlab qolgan fuqaro yonib ketdi
- 12.08.2019 11:04
- 174
- O‘zbekiston
10 avgust kuni Toshkentdagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizlik boshqarmasi ma’lumot berdi.
Yong‘in soat 19:34 da, Yashnobod tumani, M.Riyoziy mavzesi 18-uy 60-xonadonda yuz bergan. Yong‘inda 20 kv. metr maydonida uy jihozlari yongan, xonadonning 30 kv metr maydoni saqlab qolingan.
Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 19:42 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 20:01 da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in natijasida 1 nafar fuqaro xalok bo‘lgan.
Yong‘in mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ta’lim falsafasi
- Kecha, 21:27
- Ta’lim
“Dinamo” mavsumga tayyormi?
- Kecha, 21:18
- Sport
Stipendiya joriy etilgan maktab
- Kecha, 21:16
- Ta’lim
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qamrov oshdimi?
- Kecha, 21:09
- Ta’lim