Haydovchi xatosi bilan avtomashina kanalga tushib ketib, uch navqiron yigit halok bo‘lgan, haydovchi voqea joyidan qochib ketgan
- 12.05.2022 15:38
- 372
- Hodisa

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 8 may kuni soat 02:40 larda Samarqand tumanining Badal qishlog‘idan o‘tgan mahalliy yo‘lda “Nexia” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan, natijada avtomashina kanalga ag‘darilib ketgan.
Mashina ichida besh kishi bo‘lgan. Haydovchining xatosi bilan avtomashinaning orqa salonidan o‘tirgan uch yigit halok bo‘lgan. Ularning ikki nafari voyaga yetmagan o‘smir - 7 va 8-sinfda o‘qiydigan o‘quvchilar hamda 29 yoshli yigit bo‘lgan.
Haydovchining o‘zi voqea joyidan qochib ketgan.
Hodisa yuzasidan Toyloq tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Viloyat IIB xabariga xabariga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Talabani sarson qilish adolatdanmi?
- 1 soat avval
- Ta’lim
Hibsga olinganlar ayovsiz tahqirlanardi...
- 1 soat avval
- Mutolaa
Bekatsiz «bekat»
- 1 soat avval
- Samarqand
SamATI talabalari Germaniyada amaliyot o‘tamoqda
- Kecha, 13:48
- Ta’lim