Tramp aloqalarni butunlay to‘xtatish bilan Xitoyga tahdid qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli Xitoy bilan aloqalarni butunlay to‘xtatishi mumkin, deb ta’kidladi Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

“Biz ko‘p ish qilsak bo‘lardi. Aloqalarni butunlay to‘xtatishimiz ham mumkin edi. Siz shunday qilganingizda nima bo‘lardi? Agar aloqalarni butunlay bekor qilganingizda, 500 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni tejab qolgan bo‘lardingiz”, dedi Tramp senatorlardan biri tomonidan kiritilgan xitoylik talabalarga viza berilishini bekor qilish taklifiga izoh so‘ragan boshlovchiga.

AQSh Prezidenti XXR yetakchisi Si Szinpin bilan munosabatlari yaxshi ekanini, biroq ayni vaqtda o‘nga qo‘ng‘iroq qilishni istamayotganini ta’kidladi.

Bir kun ilgari respublikachi senator Lindsi Grem koronavirus tarqalishiga yo‘l quyganligi sababli Xitoyga qarshi sanksiyalar e’lon qilinishiga doir “COVID-19 uchun javobgarlik”  qonun loyihasini  ko‘rib chiqilishi uchun senatga kiritganini ma’lum qildi. Hujjat agar Pekin koronavirus kelib chiqishi to‘g‘risidagi to‘liq hisobot taqdim etmasa, Xitoyga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishini nazarda tutadi. Qonun loyihasini yoqlab 8 nafar respublikachi senator ovoz berdi.

Bunga javoban Xitoy hukumati qat’iy e’tiroz bildirdi va AQShga qarshi sanksiyalar bilan javob qaytarilishini ma’lum qildi.