Tramp hukumatni egallab olishga tayyorgarlik ko‘ryaptimi?
Oq uy AQSh prezidenti Donald Tramp saylov natijalarini bekor qilishga va mamlakatda hukumatni egallab olishga tayyorlanayotgani gumon qilmoqda. Bu haqda Axios nashri ma’lum qildi.
Tramp ma’muriyatidagilarning ta’kidlashicha, Amerika rahbari o‘zining sobiq milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Maykl Flinn va advokat Sidni Pauyell bilan juda ko‘p vaqt o‘tkazmoqda. Rasmiylar shundan Tramp saylov natijalarini o‘zgartirib, hukumatni egallab olishidan xavfsirashmoqda.
Nashr manbasi Flinnning harbiy holat joriy etish va ovozlarni avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazish va hisoblash moslamalarini musodara qilish to‘g‘risidagi g‘oyalaridan xavotirda. Shuningdek, ularni Tramp Pauyellni saylovlarni soxtalashtirish bo‘yicha maxsus maslahatchi etib tayinlash istagi xavfsiratmoqda.
Nashrning yozishicha, mavjud siyosiy vaziyatdan hatto tarixda ma’muriyatning badtar tartibsizlik va qonunbuzarliklarini ko‘rgan siyosatchilar ham tashvishda.
Ilgari AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp hanuz AQSh prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lganini tan olmayapti. Uning fikricha, demokratik raqibi Jo Bayden katta farq bilan oltita «tebranuvchi» shtatlarning barchasida saylovni yutqazgan.
15 dekabr kuni demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Jozef Bayden prezidentlik poygasida g‘olib chiqish uchun zarur bo‘lgan saylovchilar kollegiyasi ovozlarini olgani ma’lum bo‘ldi.