Tramp koronavirusga qarshi vaksinani boshqa davlatlar bilan bo‘lishishga va’da berdi

AQSh koronavirusga qarshi vaksinani boshqa davlatlar bilan bo‘lishishga tayyor. Bu haqda AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

“Bunaqasi ilgari bo‘lmagan. Ayni vaqtda biz, u (vaksina) tasdiqlanganidan so‘ng zudlik bilan amerikaliklarga yetib borishi uchun, nomzod vaksinalarni ommaviy ishlab chiqarmoqdamiz. Fikrimcha, bizda butun dunyodagi odamlar uchun yetadigan miqdorda vaksina bo‘ladi”, dedi Tramp Shimoliy Karolinada qilgan chiqishida.

Tramp shuningdek, AQSh yuqori istiqbolli vaksina ishlab chiqaruvchilari bilan yuz million tonnalab vaksina yetkazib berish to‘g‘risida shartnomalar imzolaganini ma’lum qildi.

- Biz, o‘ta tezkorlik bilan vaksinani (aholiga) yetkazib berish imkonini beradigan o‘lkan ko‘lamli ishlab chiqarish mobilizatsiyasini amalga oshirmoqdamiz. Bunday holat Ikkinchi jahon urushi davridan beri kuzatilmagan edi, - deb qo‘shimcha qildi Tramp.