Tramp Nyu-York shtati kasalxonalarida koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni kamayganini ma’lum qildi

Koronavirus epidemiyasi eng xavfli tus olgan AQShning Nyu-York shtati kasalxonalaridagi bemorlar soni kamaygani kuzatilmoqda. Bu haqda AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

“Kasalxonalardagi bo‘sh o‘rinlar sonining borgan sari ortishi yaxshi alomat hisoblanadi. Biz 418 nafar shifokor, hamshira va respiratorli terapevtlarni Comfort dala gospitali va Javits konferens-markazidan Nyu-York shtati kasalxonalariga yubordik. Bizda keragidan ortiq kasalxona, bo‘sh o‘rinlar mavjud. Juda yaxshi!” deb yozdi Tramp tvitter sahifasida.